15:45 / 20.01.2020
0
57497

Yuriy Chayka Rossiya bosh prokurorligidan ketdi. Putin uning o‘rniga nomzod ko‘rsatdi

Rossiya bosh prokurori Yuriy Chayka boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.

Hozircha uning yangi lavozimi haqida ma'lumot berilmagan.

«Otkrytyye media»ning Bosh prokuraturaga yaqin bergan manbasi bergan xabarga ko‘ra, Yuriy Chaykaning iste'fosi u may oyida 69 yoshga to‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qonunchilikka ko‘ra, Rossiyada 70 yoshga to‘lmagan shaxslargina bosh prokuror bo‘lishi mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin federatsiya kengashiga Tergov qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Igor Krasnovning nomzodini bosh prokuror lavozimiga ilgari surdi.

Igor Krasnov

RIA Novosti manbasi xabariga ko‘ra, Federatsiya kengashi prezident taklifini 22 yanvar kuni ko‘rib chiqadi. 

  • Ayni vaqtda 43 yoshda bo‘lgan general-leytenant Igor Krasnov advokat Stanislav Markelov va jurnalist Anastasiya Baburovaning qotilligi (2009 yil yanvari) bo‘yicha ishlarni tekshirgandi. U shuningdek, muxolifatchi Boris Nemsovning o‘ldirilishi (2015 yil yanvari) va Anatoliy Chubaysga suiqasd (2005 yil) bilan bog‘liq ishni tekshirgan. U 1997 yildan prokuratura tizimida faoliyat boshlagan, 2007 yilda Tergov qo‘mitasiga muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi lavozimida o‘tgan, 2016 yilda Tergov qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari bo‘lgandi.
  • Yuriy Chayka Rossiya bosh prokuraturasiga 2006 yil iyunidan buyon boshchilik qilib kelayotgandi. Undan oldin u 7 yil davomida RF adliya vaziri bo‘lib ishlagan. Chayka va uning farzandlari Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash fondi tekshiruvlari qahramoniga aylanishgandi.
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top