18:55 / 21.01.2020
0
14736

AQShda qurol saqlash huquqini qo‘llab-quvvatlovchi namoyishga minglab qurollangan odamlar keldi

Foto : The New York Times

AQShning Richmond shahrida qurol saqlash va olib yurish huquqi qo‘llab-quvvatloviga namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi. 

Politsiyaning xabar berishicha, namoyishga 22 mingga yaqin odam kelgan. Ulardan ba'zilari o‘zi bilan o‘qotar qurol, jumladan, to‘pponcha va miltiqlar olib kelgan.

Namoyishni qurolga egalik qilish huquqini himoyalovchi harakat Virginia Citizens Defense League tashkillashtirgan. Namoyish demokratlarning o‘qotar qurol olib yurishga yangi cheklovlar kiritish rejasiga javoban o‘tkazilgan. 

AQShda oxirgi vaqtda o‘qotar qurol bilan bir necha ommaviy qotilliklar sodir etilgandi.

Ta'kidlanishicha, AQSh konstitutsiyasida barcha fuqarolarga qurol olib yurish huquqi kafolatlangan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp qurolga egalik qilish huquqini himoya qilishga va'da bergan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top