22:23 / 21.01.2020
1
15976

«Lokomotiv» «sharmandali bo‘lmagan» mag‘lubiyatga uchragan va tojikistonlik muxlislar bayram qilgan o‘yindan fotogalereya

Toshkentning «Lokomotiv» klubi OChL saralashining birinchi raundida kutilmaganda Tojikistonning «Istiqlol» klubiga mag‘lub bo‘lib musobaqani tark etdi. Toshkentda o‘tgan bitta o‘yindan iborat qarama-qarshilikda ko‘pchilik «Temiryo‘lchilar»ning g‘alabasini kutgandi, ammo Fyodorov jamoasi guruh bosqichiga chiqishdan ilk saralash o‘yinidayoq umidini uzdi.

Uchrashuvdan so‘ng «Lokomotiv» murabbiyidan bu mag‘lubiyatni sharmandali deb hisoblay olishi yoki yo‘qligi haqida so‘rashganda Fyodorov bunday emasligini aytdi.

Shu kuni o‘yinni stadiondan ko‘plab tojikistonlik muxlislar ham kuzatganini ta'kidlash kerak. Ular o‘zbek-tojik xalqlarining do‘stligini madh etgan bannerlar bilan tojik futboli bayroqdorini stadiondan qo‘llab-quvvatlashdi. Quyida o‘yindan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Ma'rufjon Asqarov olgan suratlar

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top