15:01 / 21.01.2020
1
48304

Prezident: «Endi «gosplan» degan gap bo‘lmaydi»

Foto: O‘zA

Toshkent shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ma'ruza qilyapti.

Prezident o‘z nutqida paxta va g‘allani davlat rejasi asosida yetishtirish tizimi tugatilishi haqida gapirdi. 

Davlat rahbarining ta'kidlashicha, bu natijaga bosqichma-bosqich erishiladi.

“Endi “gosplan” degan gap bo‘lmaydi. Agrar sohada klaster tizimi rivojlanmoqda. Meva-sabzavot, baliqchilik bo‘yicha ishlar oldinga yurmoqda. Ammo klasterlar faoliyatning barchasi ham yaxshi yo‘lga qo‘yilmayapti. Chunki u yerda ham korrupsiya bor. Ayrimlar bank bilan hisob-kitobdan qo‘rqadi”, – deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top