23:30 / 22.01.2020
0
12693

Zelenskiy Yevropa Ittifoqiga Britaniya o‘rniga Ukrainani olishni taklif qildi 

Foto : Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselga Yevropa Ittifoqiga undan chiqishni istayotgan Britaniya o‘rniga Ukrainani olishni taklif qildi. Zelenskiy bu haqda Davosda o‘tayotgan Butunjahon iqtisodiy anjumanidagi nutqida aytib o‘tdi.

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, Kiyev o‘z kelajagini Yevropa Ittifoqi tarkibida ko‘rmoqda. “Biz Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya haqidagi kelishuvni imzoladik, biz Yevropa Ittifoqiga kirish tomon yo‘nalmoqdamiz. Biroq biz shuni tushunishimiz kerakki, Yevropa Ittifoqiga nafaqat Ukraina kirishni istamoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Zelenskiy.    

Uning ta'kidlashicha, Ukrainani ko‘plab davlatlar qo‘llab-quvvatlamoqda va uning kelajagini tenghuquqli hamkor sifatida Yevropa Ittifoqi tarkibida ko‘rmoqda. 

Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga kirishga yo‘nalgani mamlakat konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Tegishli qonunni 2019 yil fevralda o‘shandagi prezident Pyotr Poroshenko imzolagan. Vladimir Zelenskiy ham ushbu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Ayni vaqtda Ukrainaning Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirishini qo‘llab-quvvatlovchi ukrainaliklar ulushi 64 foizdan oshadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top