12:15 / 24.01.2020
0
44448

Toshkentda Tojikistondagi zilzila kuchi sezildi

Toshkent shahrida 24 yanvar kuni soat 12:10 atrofida Tojikistonda ro‘y bergan yerosti silkinishlari sezildi.

Zilzila Farg‘onadan 128 km uzoqlikda yuz bergan.

Yevropa—O‘rta Yer dengizi seysmologiya stansiyasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi Tojikiston hududida sodir bo‘lgan. Episentrda zilzila kuchi 5,7 magnitudaga teng bo‘lgan, zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi axborotiga ko‘ra, zilzila Toshkentdan 317 km janubi-sharqiy yo‘nalishda Tojikiston hududida sodir bo‘lgan. Epimarkazda uning kuchi 5,5 magnitudaga teng bo‘lgan. Toshkent shahrida zilzila kuchi 2—3 ballga teng bo‘lgan bo‘lsa, Farg‘ona shahrida 4 ballni tashkil etdi. Namangan, Andijon, Guliston shaharlarida yerosti silkinishlari kuchi 3 ballga, Samarqand, Navoiy, Termiz va Qarshida 2 ballga teng bo‘ldi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top