16:48 / 24.01.2020
0
14823

«Ufa» Oston Urunov transferi uchun «Lokomotiv»ga qancha mablag‘ to‘lashi ma'lum bo‘ldi

Foto: Tribuna.uz

Toshkentning «Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Oston Urunov faoliyatini Rossiyada davom ettiradi. Bu haqda Betting Insider xabar bermoqda.

O‘zbekiston milliy jamoasining 19 yoshli futbolchisi Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi «Ufa» klubi safiga o‘tmoqda. Oston Urunov jamoaning Kiprdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etib, bosh murabbiy Vadim Yevseyevda yaxshi taassurot qoldirgan.

Betting Insider’ning klubga yaqin manbasiga ko‘ra, Oston Urunovga 5 yillik shartnoma taklif qilingan bo‘lib, futbolchining «Lokomotiv»dan «Ufa»ga o‘tish transfer summasi 150 ming AQSh dollarini tashkil etadi. 

Ma'lumot uchun, Oston Urunov 2019 yilning iyul oyida «Navbahor»dan «Lokomotiv» safiga o‘tib, yarim mavsum davomida 13 o‘yinda bitta gol urishga erishgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top