21:35 / 27.01.2020
0
14957

Singapur iqtisodiyoti Xitoydagi koronavirus sababli zarar ko‘rayotgani ma'lum qilindi

Foto : KUN.UZ

Xitoyda tarqalgan koronavirus sababli Singapur iqtisodiyoti zarar ko‘rmoqda. Bu haqda Singapur savdo va sanoat vaziri Chan Chun Sin ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalishidan transport, turizm va ular bilan bog‘liq sohalar hamda mehmonxona, restoran va chakana savdo biznesi zarar ko‘rmoqda. Chan Chun Sin davlat biznesni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Koronavirus dastlab Uxan shahrida aniqlangandi. So‘ngra Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayland, AQSh, Fransiya va Kambojada virusga chalinish holatlari qayd etildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 2027 nafar kishi virus bilan zararlangani aniqlangan. Jami 80 nafar kishi vafot etgan.

S&P Global Ratings tahlilchilarining fikricha, virusning tarqalishi Xitoyda iste'molchilar xarajati tushib ketishiga olib keladi. Tahlilchilar bundan tashqari, turizm, investitsiyalar va ishlab chiqarishning zarar ko‘rishini taxmin qilishmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top