12:42 / 28.01.2020
0
8396

Noqulay ob-havo sababli Nur-Sulton aeroportida 30dan ortiq reys kechiktirildi va bekor qilindi

Foto: www.nn-airport.kz

Noqulay ob-havo sababli Qozog‘iston poytaxtidagi aeroportda 20ga yaqin reys kechiktirildi va 10dan ortiq reyslar bekor qilindi. Bu haqda aeroport matbuot xizmati vakili Jyenis Axmetjanov ma'lum qildi.

Avvalroq kuchli qor va shamol tufayli Nur-Sultonda favqulodda holat e'lon qilingan, maktab va kollejlarda mashg‘ulotlar o‘tkazilishi bekor qilingandi.

"Murakkab ob-havo sharoiti sababli "Nursultan Nazarboyev" xalqaro aeroportida 19ta reys kechiktirildi", - dedi Axmetjanov.

Uning ma'lumot berishicha, 13ta reys bekor qilingan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top