08:45 / 28.01.2020
1
39427

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 106 nafarga yetdi

Foto: Getty Images

Xitoyda bir kun ichida yangi turdagi koronavirus bilan chaqiriluvchi zotiljamdan vafot etganlar soni 24 nafarga oshib, 106 nafargacha, kasallanganlar esa 1,3 ming nafarga ko‘payib, 4515 nafargacha yetdi.

Virus o‘chog‘i hisoblanayotgan Uxanda 22 kishi, Tyanmen shahrida esa 2 kishi vafot etgan. 

O‘z navbatida hongkonglik mutaxassislar Uxanda virusdan kasallanganlar sonini 44 ming kishiga baholashmoqda. 

Bu orada Xitoyning sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ko‘p holatlarda virusdan kasallanganlar, ayniqsa yoshlar va bolalar kasallikni yengil o‘tkazayotganlari, biroq virus hattoki emizikli bolalarga ham yuqishi mumkinligini ma'lum qilishgan. 

Xabarda ma'lum qilinishicha, kasallikning inkubatsion davri odatda 3-7 kunni, eng ko‘pi bilan 14 kunni tashkil qiladi. 

Qo‘mitaning baholashicha, hozirgi turdagi zotiljam Xitoyda 2003 yilda avj olgan atipik zotiljam (SARS) bilan 85 foiz o‘xshashlikka ega.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top