18:25 / 29.01.2020
0
17477

Dunyodagi eng keksa ayol 127 yoshida vafot etdi

Foto: konkret.az

Tojikistonda 127 yoshli Fotima Mirzoqulova vafot etdi, deb yozmoqda Daily Mail.

Pasportidagi ma'lumotlarga ko‘ra, u 1893 yil 13 martda hozirgi Tojikiston hududida tug‘ilgan. Uning yoshini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar to‘g‘risida ma'lumot berilmagan. Agarda Fotima Mirzoqulovaning tug‘ilgan sanasi haqiqatga mos keladigan bo‘lsa, u dunyodagi eng keksa ayol bo‘lgan hisoblanadi.

Nashrning yozishicha, Mirzaqulova umrining asosiy qismini paxta dalasida o‘tkazgan. Uning sakkiz farzandi va 200dan ortiq nevara, chevara-evaralari bo‘lgan. 

Fotima Mirzoqulovaning qizlaridan birining aytishicha, u yoshi o‘ttizdan o‘tganida kechki maktabda bir necha yil o‘qigan, hech qayerda rasman ishlamagan. Katta Farg‘ona kanali qurilishida ishtirok etgan.

Dunyodagi eng keksa ayol sifatida yaponiyalik 117 yoshli Kane Tanaka qayd etilgan bo‘lib, uning 1903 yil 2 yanvarda tug‘ilganligi ko‘plab hujjatlar bilan tasdiqlangan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top