17:11 / 31.01.2020
0
25486

«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘zgardi

«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi Odil Shukurovich Temirov o‘z lavozimini tark etadi va boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkaziladi.

Hukumatning «O‘zkimyosanoat» AJ rahbar kadrlarini lavozimlarga tasdiqlash to‘g‘risida» qarori bilan «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajarish energetika vazirining birinchi o‘rinbosari – «O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudovga yuklatilgan.

Jo‘rabek Mirzamahmudov

Hujjatda belgilanishicha, «O‘zkimyosanoat» AJ aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining navbatdan tashqari majlisida «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi Odil Shukurovich Temirovni egallab turgan lavozimidan  ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash, shuningdek, «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Aleksandrovich Korjikovni egallab turgan lavozimidan  ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash, «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Shavkat Rajabaliyevich Nabiyevni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Odil Temirov 2019 yilning fevralida Abduhoshim Abdullayev o‘rniga «O‘zkimyosanoat» rahbari lavozimiga tayinlangandi.

Odil Shukurovich Temirov
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top