13:30 / 01.02.2020
7
56425

Gulistonda 19 yoshli haydovchi sodir etgan YTH oqibatida 5 kishi qurbon bo‘ldi

Guliston shahrida «Cobalt» haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, kamida 7 yo‘lovchini olib ketayotgan «Damas» bilan to‘qnashishi oqibatida «Damas» haydovchisi va 4 yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana 2 kishi shifoxonada,

Bugun, 1 fevral kuni ertalab soat 08:30larda 19 yoshli Sh.B. «Cobalt» avtomashinasida Guliston shahar 4-mavze Guliston ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan avtomobil yo‘lida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketib, 21 yoshli S.M. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» bilan to‘qnashib ketdi.

IIV huzuridagi Tergov departamentidan ma'lum qilishlaricha, hodisa oqibatida «Damas» haydovchisi S.M., yo‘lovchilari – 55 yoshli Sh.A., 27 yoshli D.E., 28 yoshli M.S.lar voqea joyida vafot etgan. Yana 3 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, 24 yoshli S.A.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top