07:37 / 02.02.2020
0
5624

Iroqda yangi bosh vazir tayinlandi

Iroq prezidenti Barham Solih sobiq kommunikatsiyalar vaziri Muhammad Tofiq Alaviyni bosh vazir etib tayinlab, unga yangi hukumatni shakllantirish vazifasini topshirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Foto: Flickr /middleeastaffair

Siyosiy partiyalar mamlakatdagi ommaviy noroziliklar ortida sobiq bosh vazir Odil Abdulmahdiy iste'foga ketgandan keyin uning o‘rnini egallaydigan nomzodni taklif qila olishmagan.  

Alaviy mamlakatni muddatdan avval saylovlar o‘tkazilgunga qadar boshqaradi. U bir oy ichida yangi hukumat shakllantirishi kerak bo‘ladi. Yangi bosh vazir siyosiy bloklar vazirlar mahkamasidagi muhim lavozimlarga o‘z nomzodlarini suqishtirishga harakat qilsa, iste'foga ketishidan ogohlantirgan.

Iroqdagi ommaviy noroziliklar 2019 yil noyabrida boshlangan. Dastlab iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini talab qilgan namoyishchilar keyinroq hukumat iste'fosini talab qila boshlashgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, namoyishchilarning huquq-tartibot idoralari bilan to‘qnashuvlari oqibatida 500 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top