22:08 / 02.02.2020
0
14011

Somalida chigirtka yopirilishi sababli favqulodda holat e'lon qilindi

Somali qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat hududiga chigirtka yopirilishi sababli favqulodda holat e'lon qildi.

Foto: Reuters

Bu haqda BBC News nashri xabar berdi. 

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda Somali va Efiopiya 25 yil ichidagi eng katta ko‘lamdagi chigirtka yopirilishiga to‘qnash keldi. Chigirtka avvalroq  ushbu hududlarga tushgan kuchli yomg‘irlardan keyin ko‘payib ketgan. Muammoni apreldagi hosil terimigacha hal qilishga ulgurmay qolinishi xavotiri mavjud.

Bu orada chigirtkalar Keniyagacha yetib borgan. Bu yerdagi vaziyat oxirgi 70 yil ichidagi eng og‘iri bo‘lmoqda. Hozirda chigirtkalarni yo‘q qilish uchun insektitsidlar sepishga bor-yo‘g‘i 5 ta samolyot jalb etilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top