08:56 / 04.02.2020
0
7559

Mayk Pompeo O‘zbekiston, Qozog‘iston va Belarusga safaridan mamnuniyat bildirdi 

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 1-3 fevral kunlari Minsk, Nur-Sulton va Toshkentga tashrif buyurdi.

Pompeo ushbu safaridan mamnuniyat bildirdi. AQSh davlat kotibining fikricha, uning O‘zbekiston, Belarus va Qozog‘istonga tashrifi AQShning ushbu davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga yordam berdi.

“Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonda tinchlik, davlatlarimiz aholisining xavfsizligi va ravnaqi muhimligini ta'kidlab o‘tdim. Men ishonch bilan ayta olamanki, bu tashrifdan so‘ng hamkorligimiz yanada mustahkamlandi”, deb yozgan Pompeo tvitterda.  

AQSh davlat kotibi O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi hamda Markaziy Osiyo va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «C5+1» shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top