13:49 / 05.02.2020
3
9899

Jamshid Xo‘jayev: «Davlat buyurtmasi bilan ekin ekish qishloq xo‘jaligi tajribalariga zid holat»

Toshkent shahridagi Kongress-xollda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi vazirliklari hamda O‘zLiDeP va Ekopartiya vakillari ishtirok etmoqda.

Foto: Xalqaro press-klub

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevning fikriga ko‘ra, davlat buyurtmasi bilan ekin ekish qishloq xo‘jaligi tajribalariga zid holatdir.

“Davlat buyurtmasi bilan ekin ekish qishloq xo‘jaligi tajribalariga zid holat, deb hisoblayman. Davlat buyurtmasidan voz kechdik degani, qishloq xo‘jaligi sohasini transformatsiya qilishni boshladik, degani.

Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, jahonga raqobatbardosh qishloq xo‘jaligini olib chiqish vazir sifatida oldimda turgan eng asosiy maqsadim”, - deydi Jamshid Xo‘jayev.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top