11:25 / 06.02.2020
0
18206

Abxaziya koronavirus tufayli O‘zbekiston va yana 4ta davlat fuqarolarining kirishiga taqiq qo‘ydi

Foto: REUTERS / Essam al-Sudani

Abxaziya koronavirusning tarqalishi munosabati bilan beshta mamlakat fuqarolari uchun mamlakatga kirishga cheklovlar qo‘ydi. Bu haqda respublika Migratsiya xizmati rahbari Andrey Bobua «Interfaks»ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, «Abxaziyaga kirishga vaqtincha taqiq Tojikiston, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy va Qirg‘iziston fuqarolari uchun amal qiladi».

Uning qo‘shimcha qilishicha, «boshqa mamlakatlardan, masalan, Afrika janubidagi davlatlardan bo‘lgan muhojirlarga nisbatan bunday cheklovlar joriy etilmaydi, chunki ularda kasallik o‘choqlari topilmagan».

A. Bobua Abxaziyaga kirishga cheklovlar 6 fevraldan boshlab respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyasi bilan joriy etilishini ma'lum qildi.

Bundan oldin, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi 5 fevral holatiga ko‘ra navbatdagi ma'lumotni e'lon qilgandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top