20:06 / 09.02.2020
0
27561

Yo‘lovchi samolyoti yangi tezlik rekordi o‘rnatdi - OAV

Boeing yo‘lovchi samolyoti Atlantika okeani ustidan uchish vaqtida yangi tezlik rekordi o‘rnatdi. Ta'kidlanishicha, samolyot soatiga 800 mildan yuqoriroq tezlikka erisha olgan.

British Airways aviakompaniyasi samolyoti Nyu-Yorkdan Londongacha masofani uchib o‘tish vaqtida 800 mil/soatdan (1287 km/soat) yuqoriroq tezlikka erishgach, yangi tezlik rekordiga da'vogarlik qilishi mumkin. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, 8 va 9 fevral kunlari samolyotlar Atlantika ustidan uchib o‘tish vaqtida bir nechta tezlik rekordi o‘rnatgan. Bunga esa Britaniyaga Shimoliy Amerika tomondan kelgan “Siara” shtormi vaqtidagi kuchli shamol sabab bo‘lgan. Samolyotlar yo‘nalishi bilan bir yo‘nalishda esgan shamol ularni yanada tezroq uchirgan.

Flightradar24 ma'lumotlariga ko‘ra, Nyu-Yorkdan 8 fevralda uchgan Boeing 747 samolyoti Londonning Xitrou aeroportiga 4 soat 56 daqiqada yetib kelgan. 

Orqa yo‘nalishdagi parvozlar esa 2,5 soatdan ko‘proq vaqt olgan.

British Airways samolyoti Nyu-York-London yo‘nalishida Norwegian Air samolyoti tomonidan 2018 yil yanvarda o‘rnatilgan rekordni ortda qoldirgan. O‘shanda Norwegian samolyoti yuqoridagi masofani 5 soat 13 daqiqada uchib o‘tgan. Umuman olganda, Nyu-York va London o‘rtasida o‘rtacha parvoz vaqti 6 soat 13 daqiqani tashkil qiladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top