10:21 / 11.02.2020
1
11278

Belavia Toshkentga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Belarus Transport va aloqa vazirligining Aviatsiya bo‘yicha departamenti direktori O‘zbekiston poytaxtiga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilishi haqida ma'lum qildi

Foto: Viktor Tolochko

Belarusning Belavia aviakompaniyasi 2020 yilda Toshkentga muntazam reys ochishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Belarus Transport va aloqa vazirligining Aviatsiya bo‘yicha departamenti direktori Artyom Sikorskiy STV’dagi «Nedelya» dasturiga bergan intervyusida.

«O‘tgan yili Belavia aviakompaniyasining yo‘nalishlari 55 marshrutgacha kengaytirildi. Bu yil uchta yo‘nalish qo‘shiladi: Vena shahriga muntazam reys, Toshkentga muntazam reys va Reus shahridagi (Barselonadan 80 kilometr masofada) muntazam reys», - dedi Sikorskiy.

Belavia aviakompaniyasi 1996 yilda tashkil etilgan. U Belarusda yo‘lovchilar tashish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Hozirgi kunda aviakompaniya parkida 30ta samolyot mavjud (yettita Boeing-737-800, oltita Boeing-737-500, beshta Boeing-737-300, to‘rtta Embraer-175, oltita Embraer-195, ikkita CRJ-200). 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top