00:40 / 11.02.2020
2
17199

QQS to‘lash muddati 120 kungacha kechiktirilishi mumkin - Hukumat qarori

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida «Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yangi hujjatga muvofiq, QQS to‘lovchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar endi tovarlarni olib kirishda, shuningdek, ishlar (xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz o‘rniga 120 kungacha bo‘lgan muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni kechiktirish mexanizmlaridan foydalanishi mumkin.

Bunda QQS to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati davlat bojxona xizmati organining qarori bilan beriladi. Buning uchun soliq to‘lovchilar bojxona xizmati organiga ariza, QQS ta'minlanishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etiladilar. Shundan so‘ng besh ish kuni mobaynida murojaatni qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top