08:39 / 11.02.2020
0
47118

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1000dan oshdi

Foto: EPA-EFE/YFC CHINA OUT

Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaruvchi zotiljamdan bir kun ichida 108 kishi vafot etdi. Epidemiya boshlangandan beri qurbonlarning umumiy soni 1016 nafarni tashkil qildi. 

Shuningdek, kasallanganlar soni 2478 nafarga ko‘payib, 42638 nafarga yetgan. 

Virus tarqalish markazi hisoblangan Xubey provinsiyasida 103 kishi, Pekin va Tyanszin shaharlarida hamda Xeylunszyan, Anxuey, Xenan provinsiyalarida bir kishidan vafot etgan.

Ayni vaqtda mamlakat shifoxonalarida 37 mingdan ko‘proq odam qolmoqda. Shu bilan birga, sog‘ayayotgan odamlar soni ham ortmoqda. Ularning soni bir kunda 716 nafarga ko‘payib, deyarli 4 ming nafarga yetdi. 

Shuningdek, Xitoyda 27 nafar xorijlikda koronavirus borligi qayd qilingan. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.  

Ulardan 3 nafari sog‘ayib ketgan, 2 nafari vafot etgan va yana 22 kishi shifoxonalarda qolmoqda.

Ta'kidlanishicha, Xitoyda virusdan bir amerikalik va bir yaponiyalik vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top