09:30 / 13.02.2020
0
7173

Peterburgda to‘rt nafar shaxs O‘zbekiston fuqarosiga hujum qildi

O‘zbekistonlik fuqaroga shahar shifoxonasida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ruxsat berilgan

Foto: RIA Novosti

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi 2020 yil 7 fevral kuni shahar istirohat bog‘laridan birida to‘rt nafar shaxs O‘zbekiston fuqarosi S.N.ga hujum qilgani to‘g‘risida tarqalgan xabarni tasdiqladi. 

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotida aytilishicha, o‘zbekistonlik fuqaroga 26-son shahar shifoxonasida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ruxsat berilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan ma'lumotga binoan mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotganlar qo‘lga olingan. Tergov tadbirlari davom etmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgani aytiladi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-965-029-41-49.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top