13:56 / 14.02.2020
6
19599

Ilhom Ne'matov: YeOII va JSTga kirishni solishtirishning hojati yo‘q

Toshkent shahrida Tashqi ishlar vazirligi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda vazir birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Foto: KUN.UZ

I. Ne'matov O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasida hukumatning vaqt jihatidan jadvali borligi, bu bo‘yicha yakuniy siyosiy qarorga qachon kelinishi mumkin ekani haqidagi savolga javob qaytardi. Shuningdek, u Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish masalasida ham gapirdi

“O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan beri 120dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a'zo. 

Bularga a'zo bo‘lishdan oldin hammasining ijobiy va salbiy tomonlari o‘rganilgan. O‘rganilganidan so‘ng albatta O‘zbekistonning manfaatini ko‘zlab, keyin a'zo bo‘lingan. 

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish yoki Jahon savdo tashkilotiga kirish. Solishtirishning hojati yo‘q. Chunki ikkalasiga kirish bo‘yicha ham hozirgi kunda muzokara ketyapti. O‘rganish ketyapti. 

Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha katta guruh ishlayapti. Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligida bu masala bilan vazir muovini boshchiligidagi guruh shug‘ullanyapti. Muzokaralarni 1994 yilda boshlaganmiz. Astoydil muzokaralar endi boshlanyapti. O‘rganish ketyapti. 

Birinchi galda O‘zbekiston manfaatlarini hamma tomondan himoya qilib, kelishganimizdan keyingina a'zo bo‘lamiz. YeOIIga ham xuddi shunday. 

Hozirgi kunda o‘rganish ketyapti. O‘rganish natijasida parlament tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qilinganidan keyin aniq bir javob bo‘ladi”, - dedi I. Ne'matov.

Eslatib o‘tamiz, parlamentga murojaatnomasida Shavkat Mirziyoyev yana bir bor Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida gapirib, gap a'zolik emas, hamkorlik haqida ketayotganini ta'kidladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top