10:41 / 14.02.2020
0
5263

Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori narxlarini qayd etish tartibi qanday?

Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va referent mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlanadi

Foto: TASS

“Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini va referent mamlakatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibiga ko‘ra, referent narx shakllantirish tizimi doirasida cheklangan narxni qayd etish va qayta qayd etish Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari uchun cheklangan narxlar reyestriga cheklangan narxlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Dori vositalarining cheklangan narxlarini qayd etish va qayta qayd etish uchun ariza tegishli ma'lumotlar bilan birga Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markaziga taqdim etiladi.

Referent narx shakllantirish tizimi doirasida narxlarni qayd etish O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar O‘zbekiston hududiga olib kirilgan dori vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayt etish va ularni cheklangan narxlar elektron reyestriga kiritish ariza taqdim etilgan kundan e'tiboran o‘n ish kunidan oshmagan muddatda Vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.

Arizachi cheklangan narx qayd etilgan sanadan e'tiboran uch oydan kam bo‘lmagan muddatda cheklangan narxni qayta qayd etish uchun ariza topshirishga haqli, ariza topshirilgan sanada dori vositasini O‘zbekistonga yetkazib berish valutasining milliy valutaga nisbatan Markaziy bank tomonidan belgilangan kursi 5 va undan ortiq foizga o‘zgargan hollar bundan mustasno.

Vakolatli organ doimiy tarzda o‘z rasmiy va ishchi organ saytida elektron ko‘rinishda xronologik tartibda qayd etilgan va qayta qayd etilgan cheklangan narxlar haqidagi ma'lumotlarni joylashtirib boradi. Bunda avvalgi ma'lumotlar saqlangan holda kiritilgan o‘zgarishlar hisobga olinadi va cheklangan narxlar haqidagi ma'lumotlardan erkin foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Qayd etilgan cheklangan narxlar haqidagi ma'lumotlar qayd etilgan sanadan boshlab kamida besh yil davomida saqlanadi.

Import qilingan va mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalarining ulgurji va chakana savdosi ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat'iy nazar, ulgurji savdo uchun – yetkazib berish narxidan (import dori vositalari uchun) yoki mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotilish narxidan (mahalliy dori vositalari uchun) 15 foizdan, chakana savdo uchun – ulgurji narxdan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

Import qilinuvchi dori vositalari uchun yetkazib berish narxi quyidagi formula yordamida belgilanadi:

N = Shn + B + Bx., bunda:

N – import qilingan dori vositalarining yetkazib berish narxi;

Shn – Inkoterms CIP sharoitlarida O‘zbekiston hududiga import qilingan dori vositalarining bojxona yuk deklaratsiyasi to‘ldirilgan sanada Markaziy bankning kursidan kelib chiqib belgilangan shartnomadagi narxi;

B – belgilangan tartibda Markaziy bank kursi bo‘yicha hisoblangan bojxona to‘lovlari;

Bx – boshqa xarajatlar, 1 (bir) foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Yetkazib berish narxi (import dori vositalari uchun) yoki mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotilish narxi (mahalliy dori vositalari uchun) qayd etilgan cheklangan narxlardan yuqori bo‘lmasligi kerak.

Cheklangan narxlar reyestri qayd etilgan cheklangan narxlarni, shuningdek muvofiq cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash yo‘li bilan hisoblangan ulgurji va chakana cheklangan narxlarni aks ettiradi.

Aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori,
o‘rtachadan yuqoriroq va o‘rtachadan pastroq bo‘lgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent mamlakatlar
RO‘YXATI

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top