22:46 / 15.02.2020
0
5931

Tsukerberg saylovlarga aralashishga urinish ko‘pincha «ichkaridan» bo‘lishini aytdi

Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, har kuni millionga yaqin soxta sahifalar, aksariyat hollarda ular yaratilganidan bir daqiqa o‘tishiga yopiladi.

Foto: Reuters

Saylovlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali ta'sir ko‘rsatishga urinish borgan sari tashqaridan emas, balki ichkaridan – saylov o‘tayotgan mamlakat aholisi tomonidan bo‘lmoqda, dedi Facebook rahbari Mark Tsukerberg.

«Gap xorijdan urinishlar emas, balki ko‘proq «ichki» urinishlar to‘g‘risida bormoqda», - dedi u Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada.

Tsukerberg keyingi yillarda saylovlarga ta'sir ko‘rsatishga urinishlar murakkablashganini, shu bois Facebook keng miqyosdagi himoya choralarini ko‘rayotganini aytdi.

Ammo uning ogohlantirishicha, bu boradagi vaziyat doimo o‘zgarib bormoqda.

Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, har kuni millionga yaqin soxta sahifalar, aksariyat hollarda ular yaratilganidan bir daqiqa o‘tishiga yopiladi. U bular asosan saylovga ta'sir ko‘rsatishga uringan odamlarning akkauntlari emas, balki spamchilarning sahifalari ekanligini aytdi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top