09:01 / 16.02.2020
0
8151

Venesuelaning AQSh sanksiyalaridan yo‘qotishlari 116 mlrd dollarga yetdi

Venesuela iqtisodiyoti AQSh sanksiyalaridan 116 mlrd dollar yo‘qotdi. 

Foto: Getty Images /AFP

Bu haqda mamlakatning aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodriges Karakasdagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.  

Vazirning ta'kidlashicha, Venesuela AQSh prezidenti ma'muriyatiga Vashingtonning sanksiyalari mamlakatga katta zarar yetkazayotgani bo‘yicha ayblov ilgari surdi. Avvalroq mamlakat tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa Haagaga AQSh ustidan xalqaro jinoyat sudiga da'vo arizasi berish uchun kelgan. Karakas Vashingtonni 2014 yildan beri kiritilayotgan bir tomonlama sanksiyalar natijasi bo‘lgan insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda.   

AQSh 7 fevralda Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Jumladan, mamlakatning eng yirik aviakompaniyasi Conviasa taqiqlov ostiga tushgan. Karakasda ushbu sanksiyalar mamlakat xavfsizligiga tahdid solishi aytilgan.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top