23:18 / 17.02.2020
0
8101

Google butun dunyoni bepul Wi-Fi bilan ta'minlash loyihasini to‘xtatishga qaror qildi

Kompaniya buning sababini mobil internet narxining arzonlab ketishi bilan izohlagan. Google shuningdek, dasturni kelgusida rivojlantirish uchun puxta biznes-model topa olmaganini bildirgan.

Foto : ITWeb

Google butun dunyoni bepul Wi-Fi bilan ta'minlashga qaratilgan Station loyihasini davom ettirishdan voz kechdi. Bu haqda TechCrunch va ITWeb yozmoqda.

Kompaniya buning sababini mobil internet narxining arzonlab ketishi bilan izohlagan. Google shuningdek, dasturni kelgusida rivojlantirish uchun puxta biznes-model topa olmaganini bildirgan.  

Station loyihasi Hindiston, Meksika, Filippin, Tailand, Nigeriya, Janubiy Afrika, Braziliya va Indoneziyada ishga tushirilgandi.

Google Janubiy Afrikada ushbu xizmatni Think WiFi operatoriga topshirishini ma'lum qildi. Hindistonda esa kompaniya RailTel operatori bilan ishlagandi: operator bepul internet taqdim etgan, Google texnik masalalar bilan shug‘ullangandi. Shu sababli Station ushbu operatorga o‘tadi.

Hindistonda Station loyihasi 2016 yilda ishga tushgandi. Temir yo‘l bekatlarida bepul internet taqdim etish boshlangandi. 2018 yilga kelib servisdan oyiga sakkiz milliondan ortiq kishi foydalanayotgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top