09:22 / 17.02.2020
2
64905

Sirdaryoda yuz bergan yong‘inda bir oilaning 6 nafar a'zosi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 17 fevral kuni soat 02:40da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi, «Ko‘rkam diyor» MFY, Robot ko‘chasidagi 3-uy, 1-xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kv.m maydondagi uy jihozlari yongan.

Yong‘in soat 03:00da o‘rab olinib, soat 03:45da o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida ushbu uydagi 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972 y.t. (uy egasi), N.X., 1976 y.t. (turmush o‘rtog‘i), O.Sh., 1996 y.t. (qizi), O.D., 2006 y.t. (qizi), O.A., 2010 y.t. (o‘g‘li), N.N., 2018 y.t. (nabirasi).

Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, SSB xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top