18:11 / 19.02.2020
0
15431

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrifini Otaturk qabrini ziyorat qilishdan boshladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi.

«Mustafo Kamol turk xalqining atoqli farzandi, buyuk davlat arbobidir. U Birinchi jahon urushidan keyin parchalanib, okkupatsiyada qolgan mamlakatni ozod etgan. 1923 yilda mustaqillik e'lon qilib, hozirgi Turkiya Respublikasiga asos solgan hamda uning birinchi Prezidenti bo‘lgan. Mamlakatning bugungi taraqqiyotini belgilab bergan siyosiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarni amalga oshirgan. 1934 yilda parlament qonuni bilan unga Otaturk nomi berilgan. U dafn etilgan Anitkabir majmuasi xalq uchun juda qadrli maskanga aylangan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari muzey bilan ham tanishdi, majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top