18:50 / 20.02.2020
0
8573

Google Android’ning yangi versiyasini chiqardi

Android’ning yangi versiyasini Pixel turkumidagi smartfonlarga o‘rnatish mumkin.

Foto: 9to5google.com

Google ilova ishlab chiqaruvchilar uchun Android 11 versiyasini chiqardi. Bu haqda 9to5google portali xabar berdi.

Android’ning yangi versiyasini Pixel turkumidagi smartfonlarga o‘rnatish mumkin.

Kiritilgan asosiy yangiliklardan biri – ilovalarga mikrofon, kamera va geolokatsiyadan foydalanish imkoniyatini faqatgina "ilova ishlayotgan vaqtda" berish. Shuningdek, biometrik ma'lumotlar bo‘yicha avtorizatsiya ishi o‘zgargan, ma'lumotlarni saqlash va uzatish xavfsizligi kuchaytirilgan.

Ishlab chiqaruvchilar xabarlar almashish servisi va "uzun" skrinshotlar olish tizimini yangilagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top