21:30 / 21.02.2020
0
10277

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.

Foto: Toshkent hokimligi matbuot xizmati

Toshkent hokimligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Zufarov Dada-Ali Nigmatovich Toshkent hokimi o‘rinbosari, hokimlikning Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.    

Dada-Ali Zufarov 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent arxitektura qurilish instituti, 2006 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2001 yildan shu vaqtga qadar huquq-tartibot idoralarida faoliyat olib borgan.

O‘zbekiston Prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tuzilmasida hokim o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy qilindi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top