13:00 / 24.02.2020
0
6861

Malayziya bosh vaziri iste'fo berdi

REUTERS/Lim Huey Teng

Malayziya bosh vaziri Mahathir Muhammad iste'fo so‘rab qirolga murojaat qilgan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar tarqatgan.

«Bunday so‘rov Malayziya oliy rahbariga yuborilgan», deyiladi hukumat rahbarining bayonotida. Hozircha hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Bundan avvalroq Mahathir boshqaruvidagi Malayziya o‘g‘lonlari  birlashgan partiyasi «Umidlar alyansi» hukmron koalitsiyasi tarkibidan chiqarilgandi.

Bu siyosiy tuzilma 2017 yilda tashkil etilgan va to‘rtta muxolif partiyani birlashtirgandi. O‘shanda 2018 yilgi saylovlarda g‘alabaga erishilsa, Mahathir faqat ikki yil bosh vazir bo‘lishi va keyin bu lavozimni bu blokdagi eng yirik partiya rahbari Anvar Ibrohim egallashi bo‘yicha kelishuv bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top