15:04 / 24.02.2020
0
10945

Qozog‘istonda noqonuniy ravishda qurol yetkazib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Surishtiruv davomida ushbu guruh faoliyatida ichki ishlar organi xodimi ishtirok etganligi aniqlangan.

Foto: Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari o‘qotar qurollar yetkazib berish bilan shug‘ullangan xalqaro kanal faoliyatiga chek qo‘ydi. Qo‘mitaning xabariga ko‘ra, 10 nafar mahalliy aholi jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Xabarda aytilishicha, 2019 yil iyunda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi o‘qotar qurollar yetkazib berish bilan shug‘ullangan xalqaro kanal faoliyatiga chek qo‘ygan. Uch dona Kalashnikov avtomati, uch dona granatomyot, ikki dona jangovar granata, 14 dona to‘pponcha, 1,7 ming donadan ortiq patron va qurol qismlari musodara qilingan.

Ma'lumot berilishicha, surishtiruv davomida ushbu guruh faoliyatida ichki ishlar organi xodimi ishtirok etganligi aniqlangan. 

"Mansabdor shaxs tomonidan Qozog‘iston IIV balansida bo‘lgan qurollar o‘g‘irlanganligi aniqlandi", - deyiladi xabarda.

Ushbu ish bo‘yicha Olmaota shahri va Olmaota viloyatida yashovchi 10 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. 27 yanvar kuni ular turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, qurol yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi ustaxona faoliyatiga ham chek qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top