19:09 / 24.02.2020
0
9089

Rubik kubiklaridan tayyorlangan «Mona Liza» 520 ming dollarga sotildi

Asar muallifi Invader taxallusi bilan ijod qiluvchi ko‘cha rassomi Frank Slama hisoblanadi.

Foto: Reuters

330 dona Rubik kubiklaridan tayyorlangan «Mona Liza» asari Parijdagi kim oshdi savdosida 480 ming yevroga sotildi. Bu haqda Articurial kim oshdi savdosi uyi xabar berdi.

"#Invader tayyorlagan Mona Liza Artcurial kim oshdi savdosida 520 680 dollarga (480 200 yevro) – dastlabki bahosidan to‘rt baravar qimmatga sotildi", - deyiladi xabarda.

Foto:AFP

Asar muallifi Invader taxallusi bilan ijod qiluvchi ko‘cha rassomi Frank Slama hisoblanadi.

Bu uning birinchi ishi emas, rassomning asarlarini dunyoning 33 mamlakatidagi 80ga yaqin ko‘chada ko‘rish mumkin, deya qayd etadi France Info radiostansiyasi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top