20:47 / 26.02.2020
0
3707

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Tokio 2020 mobil ilovasini ishga tushirdi 

Tokio 2020 mobil ilovasiga dastlabki bosqichda 2020 yilgi olimpiada o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritgan hamda olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori bo‘lgan sportchilar va ularning murabbiylari ulanishlari mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Tokio 2020 mobil ilovasi yaratildi va ishga tushirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu mobil ilovani yaratishdan ko‘zlangan maqsad – sportchi, trener va vazir o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida, tezkorlik bilan hal qilishdan iborat.

Tokio 2020 mobil ilovasiga dastlabki bosqichda 2020 yilgi olimpiada o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritgan hamda olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori bo‘lgan sportchilar va ularning murabbiylari ulanishlari mumkin. Ular 24/7 rejimida jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonovga o‘zlarini qiynayotgan savol, muammo yoki takliflar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi yozgi olimpiada o‘yinlari shu yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top