10:30 / 26.02.2020
0
13977

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari belgilanmoqda

Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Inspeksiya qurilish va shaharsozlik sohasida davlat nazorati organi hisoblanadi.

Inspeksiya respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida Qurilish vazirligiga hisobot beradi.

Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

qurilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;

qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari hududiy qurilish boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan bosh rejalarga amal qilinishi monitoringini yuritish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahliliy ma'lumotlarni yuritish;

qurilish-montaj ishlarining nazorati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;

qurilish sohasidagi qonunchilikning faoliyati samaradorligini oshirib borishda ishtirok etish;

shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, qurilish me'yorlari va qoidalari ishlab chiqilishida ishtirok etish hamda Qurilish vazirligiga takliflar kiritish.

Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

qurilish obektlarida tasdiqlangan loyiha hujjatlari, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari hamda qo‘llanilayotgan qurilish materiallari va buyumlarini shaharsozlik normalari va qoidalari hamda standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va tahliliy ma'lumotlarni yuritish;

aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, hududiy qurilish boshqarmalari tomonidan qat'iy amal qilishi yuzasidan nazoratini amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurilishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga rioya etishlari yuzasidan nazorat o‘rnatish va tahliliy ma'lumotlarni yuritish;

buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib borilishi yuzasidan hududiy inspeksiyalar tomonidan bajarilgan ishlarni monitoringini yuritish;

hududiy inspeksiyalar tomonidan har oylik bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni umumlashtirish;

qurilish sohasidagi nazorat faoliyatida bajarilgan ishlar yuzasidan elektron axborot tizimini tashkil etish;

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarining inspektorlarini o‘qitish, professional tayyorlash, qayta tayyorlash va kasbiy malakasini oshirish uchun Qurilish vazirligi huzuridagi oliy o‘quv yurtlaridagi arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida qurilish nazorati faoliyatiga doir o‘qishlarini tashkil etish;

qurilish sohasida xorijiy davlatlar mutaxassislarini jalb qilgan holda tajriba almashish va malakasini oshirishni tashkil etish; 

Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalar inspektorlarini qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va ularning natijalariga ko‘ra tegishli sertifikatlar berish;

hududiy inspeksiyalarni zamonaviy sinov laboratoriya o‘lchov asboblari bilan ta'minlanishida ko‘maklashish;

qurilish sohasida davlat nazorati faoliyatidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda ishtirok etish;

Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari ish faoliyatida foydalanishi uchun uslubiy va metodik qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqish va tasdiqlash;

Inspeksiya jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni o‘zining vakolati doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;

qurilish sohasiga oid uchrashuv, yig‘ilish va o‘quv seminarlari tashkil etish va o‘tkazish.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top