20:47 / 27.02.2020
0
16617

Futbol agenti: Shomurodov «Rostov»ni tark etmoqchi

Futbol agenti German Tkachenko «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovning yozda Rossiya chempionatini tark etmoqchi ekanini aytdi.

«Bizning pozitsiyamiz – yozda ketmoqchimiz, klubdagilar xafa bo‘lmaydi degan umiddamiz. Ammo Rossiya klublaridan bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmaymiz. G‘arbga ketmoqchimiz. Aniq takliflar bizda bor.

Qishda ham takliflar bo‘ldi, ammo klub ularni ko‘rib chiqmadi. Biz buni hurmat qilamiz. Bundan tashqari, qishda «Rostov»da sotmaslik va takliflarni ko‘rib chiqmaslik huquqi borligini tushunganmiz.

Ammo yozda takliflarni ko‘rib chiqmaslik... Biz kuchliroq chempionatga o‘tmoqchimiz. Klub qaror qabul qilishga haqli, biroq futbolchini munosib qiymatda sotishiga kelishganmiz. Buni birgalikda muhokama qilamiz», – dedi Tkachenko.

24 yoshli Shomurodov rostovliklar tarkibida 73ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urgan. Yanvar oyida u klub bilan 5 yillik yangi shartnomani imzolagan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top