19:25 / 27.02.2020
0
2500

O‘zbekiston ShHT doirasida mediahamkorlik shartlarini qabul qildi

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilandi. 

Foto: AOKA

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini imzoladi.

Mazkur bitim bo‘yicha 2019 yil 14 iyun kuni Bishkek shahrida ShHTga a'zo davlatlar rahbarlarining kengashi yig‘ilishida kelishuvga erishilgan.

Uni imzolagan mamlakatlar — Hindiston, Qozog‘iston, XXR, Qirg‘iziston, Eron, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston quyidagi maqsadlarda birgalikda sa'y-harakat qiladilar:

  • axborotni keng va o‘zaro tarqatish uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • OAV faoliyat ko‘rsatishi masalalari bo‘yicha davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash;
  • tele va radiodasturlar va ko‘rsatuvlarni translatsiya qilishda bir-biriga o‘zaro ko‘mak berish;
  • akkreditatsiya qilingan jurnalistlarga o‘zlarining kasbga doir vazifalarini bajarishlari, jumladan kasbiy munosabatlarini o‘rnatishtishlari va axborot materiallari, televizion reportajlar tayyorlashda yordam berish, shuningdek o‘z hududida xorijiy muxbirlik punktlari ishiga ko‘maklashish;
  • tajriba va mutaxassislar bilan almashishni rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlashda o‘zaro ko‘mak berish, shu sohadagi ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish;
  • shu sohani huquqiy tartibga solish sohasida hamkorlik qilish va tajriba almashish, o‘z davlatlari hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mediaga taalluqli statistika va boshqa ma'lumotlar bilan almashish.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilandi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top