18:36 / 29.02.2020
0
4359

Belarusda umumiy ovqatlanish joylarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda

Hukumat 2023 yildan umumiy ovqatlanish joylarida barcha turdagi plastik idishlardan foydalanishni rejalashtirgan.

Foto: Depositphotos

Belarusda 2021 yil 1 yanvardan umumiy ovqatlanish joylarida olti turdagi plastik buyumlar - stakanlar, likoplar, ichimliklarni aralashtirishga mo‘ljallangan tayoqchalar, naychalar va konteynerlardan foydalanish taqiqlanadi.

Mamlakat Monopoliya va savdoni tartibga solish vazirligi ana shunday qaror chiqardi.

Hukumat 2023 yildan umumiy ovqatlanish joylarida barcha turdagi plastik idishlardan foydalanishni rejalashtirgan.

Tabiat resurslari va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Aleksandr Korbutning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi umumiy ovqatlanish muassasalarining yarmiga yaqini bir martalik plastik idishlardan umuman foydalanmaydi. Yana 32 foizi qisman foydalanadi.

Ma'lumot berilishicha, mamlakatda yiliga 280 ming tonna polimer chiqindilar hosil bo‘ladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top