00:48 / 01.03.2020
0
11197

AQShda koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi

Foto: EPA

AQSh hududida koronavirusdan birinchi o‘lim holati Vashington shtatida qayd etildi. Bu haqda Assoshieyted press agentligi xabar berdi.

Juma kuni AQSh Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi (CDC) mamlakat hududida koronavirusga chalinganlar soni 62 nafarga yetganini ma'lum qilgandi.

28 fevral kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalishi xavfini “juda yuqori” darajagacha oshirgan.

Ayni vaqtda Xitoydan tashqari 49 ta davlatda 4351 kishi virusga chalingani aniqlangan. Xitoyda 28 fevralda 327 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Bu Xitoy uchun 23 yanvardan beri eng past ko‘rsatkich bo‘lib, kasallanganlar umumiy soni 79 mingdan ortiq kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, virus qurbonlari soni 2800 dan oshdi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top