08:40 / 01.03.2020
1
14840

Tramp Afg‘onistondan qo‘shinlar darhol olib chiqilishini ma'lum qildi  

AQSh “Tolibon” harakati bilan tinchlik kelishuvi imzolagandan keyin Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishning 1-bosqichini boshlamoqda.

Foto: Andrew Harnik / AP

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp e'lon qildi. 

“Bugun boshlanadi, degan o‘ydaman. Biz darhol buni boshlaymiz”, deb javob qilgan Tramp Oq uyda jurnalistning bu haqidagi savoliga.

AQSh va “Tolibon” 29 fevralda Qatar poytaxtida tinchlik kelishuvi imzoladi. Kelishuv AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi va Afg‘onistondagi tomonlar o‘rtasida muloqot boshlanishini nazarda tutadi.

Hujjatning imzolanishi marosimida 30dan ko‘proq davlat vakillari ishtirok etdi.

Kelishuv AQShga Afg‘onistondagi qo‘shinlarini 135 kun davomida 12 ming kishidan 8,6 ming kishigacha qisqartirishni taklif qiladi. Shundan keyin agar “Tolibon” zo‘ravonlikdan tiyilsa, AQSh 14 oy davomida mamlakatdan o‘zining va NATOning kuchlarini olib chiqishni davom ettiradi. “Tolibon” buning evaziga Afg‘oniston hududidan AQSh va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun foydalanmaydi.   

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top