18:10 / 02.03.2020
0
3210

O‘zbekistonlik vakil ilk bor BMTning yoshlar sessiyasiga taklif etildi

Kuni kecha AQShning Nyu-York shahrida BMTning navbatdagi “Future We Want” sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyaga butun dunyodan 250 ga yaqin iqtidorli va yetakchilik qobiliyati ega yosh ishtirokchilar taklif qilindi. 

Bu yilgi yig‘ilishga O‘zbekistondan birinchi marotaba vakil taklif qilindi. Ispaniyaning Barselona shahridagi “European Business School” oliygohi talabasi Doniyor Qoriyev O‘zbekiston vakili sifatida sessiyada ishtirok etdi. 

U Bosh Assambleya minbaridan turib ochilish marosimida va yig‘ilishning so‘nggi kunida nutq so‘zladi.  

Doniyor Qoriyev 2020 yil Moskva, Milan va Tokio shaharlarida bo‘lib o‘tadigan BMTning navbatdagi sessiyalariga taklif qilindi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top