07:23 / 03.03.2020
0
7489

22 mart Mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilandi

Prezident “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Foto: mahallakengashi.uz

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 25 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 28 fevralda ma'qullangan

Hujjat bilan 22 mart Mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilgan edi.

Farmon bilan Xotin-qizlar qo‘mitalari raisi, bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) bo‘limlari tugatildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top