16:36 / 03.03.2020
2
12305

Afg‘onistonda blokpostga qilingan hujum oqibatida besh nafar harbiy halok bo‘ldi

29 fevral kuni Qatar poytaxti Dohada AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi. Kelishuvni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar imzoladi.

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

Afg‘oniston sharqidagi Logar viloyatida blokpostga qilingan hujum oqibatida besh nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda 1TV news telekanali xabar berdi.

Telekanalning ma'lumot berishicha, hujum "Tolibon" guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Ammo toliblar hozircha bu vaziyatga izoh bermadi. 

29 fevral kuni Qatar poytaxti Dohada AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi. Kelishuvni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar imzoladi.

Tinchlik kelishuvida 10 mart kunigacha “Tolibon”ning 5 ming a'zosi ozod qilinishi aytilgan. “Tolibon” o‘z navbatida ming kishini ozod etadi.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani besh ming nafar tolibni ozod qilish majburiyatini olmaganini, bu masala "AQShning emas, Afg‘oniston hukumatining vakolatiga kirishi"ni aytdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top