18:39 / 03.03.2020
2
39663

Fotoreportaj: Suriyalik ayollar, bolalar va chaqaloqlar Yevropa tomon intilmoqda

Gretsiya xavfsizlik kuchlari bufer zonadagi qochqinlarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalar bilan qarshi olmoqda. Ba'zi muhojirlar narvon yordamida tikonli sim to‘siqlardan oshib, Gretsiyaga o‘tishga muvaffaq bo‘lishgan.

Foto: Milliyet

Muhojirlar bir necha kundirki, Turkiyaning qochqinlarni to‘xtatib turmaslik qarori ortidan Edirneda – Pazarkule chegara darvozasida kutishmoqda. So‘nggi kunlarda minglab muhojirlar dalalarni bosib o‘tib chegaraga yetib kelgan.

Foto: Milliyet
Foto: Milliyet
REUTERS/Leonhard Foeger

Arosat maydonida kutishdan charchagan muhojirlar narvonlar yordamida tikonli simlardan o‘tib, Gretsiyaga yo‘l olishmoqda. Askarlar qochoqlar kesgan sim to‘siqlarni ta'mirlashga majbur bo‘lishdi. Qochqinlarning ayrimlari Istanbulga qaytishgan.

Foto: Milliyet
Alexandros Avramidis/Reuters

Oralarida ayollar, bolalar, chaqaloqlar bo‘lgan qochqinlar mashaqqatli kunlarni boshdan kechirayotgan onlarda ular tomon uloqtirilgan gazli granatalari Turkiya chegarasidagi hududga ham ta'sir qilmoqda.

Foto: Milliyet
Foto: Milliyet
Foto: Milliyet

Bunga javoban turk askarlari ogohlantirish o‘qlarini uzishgan.

Foto: Milliyet
Foto: Milliyet

Bufer zona va chegaradagi qochqinlarning umid bilan kutish onlari davom etmoqda.

Sulaymon Soylu: Qochoqlar soni 100 mingga yetdi

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu tvitter sahifasida Edirne orqali Turkiyadan chiqib ketgan qochoqlar soni 100 ming 577 nafarga yetganini ma'lum qildi.

Foto: Milliyet
Foto: Milliyet
Foto: Milliyet

Yevropa xavotirda

Gretsiyaning Kastanes chegara darvozasi oldida minglab muhojirlar to‘planib qolgani sababli mamlakatning barcha chegara hududlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Hukumat matbuot kotibi Stelyos Petsas chegarani kesib o‘tgan 66 muhojir ushlanganini ma'lum qildi.

«Kecha 4000dan ortiq muhojirning uyushgan shaklda chegarani kesib o‘tishining oldi olindi», dedi Petsas.

Foto: Milliyet
Foto: Milliyet

Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi noqonuniy yo‘llar orqali mamlakatga kirish harakatlarining oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat kengashining zudlik bilan chaqirilishini talab qilgan.

Foto: Milliyet
Foto: Milliyet
Foto: Milliyet
Foto: Milliyet
Foto: Milliyet
Mavzu
Idlib mojarosi
2019 yil dekabrida Suriya armiyasi Idlibni to‘liq egallash uchun yurish boshladi. Turkiya esa Suriya shimolidagi ittifoqchilarini himoya qilish uchun bu hududdagi kuzatuv postlariga minglab harbiylarini jo‘natdi va ikki tomon o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bera boshladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top