20:49 / 03.03.2020
0
10804

O‘zbekistonning MDH davlatlaridagi konsulxonalarida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish boshlandi

1 martdan boshlab MDH davlatlarida yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishlari mumkin.

1 martdan boshlab MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari mumkin. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

«Shu o‘rinda respublika fuqarolari xorijga chiqish uchun biometrik pasportni olish va qabulga yozilish (biografik ma'lumotlar va biometrik parametrlarni topshirish maqsadida) uchun consulate.mfa.uz veb-portali orqali elektron ariza to‘ldirishlari mumkin. 

Shuningdek, vazirlik tomonidan chet el mamlakatlarida pasport rasmiylashtirish tizimini bosqichma-bosqich tatbiq etish ustida ish olib borilmoqda va uning natijalari to‘g‘risida vatandoshlar o‘z vaqtida xabardor qilinadi. 

Bundan tashqari, 1 martdan boshlab consulate.mfa.uz veb-portalida konsullik ro‘yxatiga olish interaktiv tizimi joriy etilgan bo‘lib, buni fuqarolar masofadan turib O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga shaxsan kelmasdan amalga oshirish mumkin», deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top