08:59 / 03.03.2020
0
10259

Xususiy notarius muhrining yagona namunasi tasdiqlandi

Muhr bosishda ko‘k rangli siyohdan foydalaniladi

Foto: 123RF

Adliya vazirining “Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius muhrining yagona namunasini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Hujjatga ko‘ra, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius muhrining yagona namunasi tasdiqlandi.

Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi.

Qayd etilishicha, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning muhri Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 28 avgustdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrlar va hujjatlar blankalari tayyorlash, foydalanish, saqlash va yo‘q qilish tartibiga asosan tayyorlanadi, foydalaniladi, saqlanadi va yo‘q qilinadi. Muhr bosishda ko‘k rangli siyohdan foydalaniladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top