21:38 / 03.03.2020
0
5088

Yevroittifoq Gretsiyaga 700 million yevro ajratishga tayyor

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluning ma'lum qilishicha, o‘tgan haftadan buyon Turkiyadan Gretsiyaga 130 mingdan ortiq noqonuniy migrant o‘tgan.

Foto: Reuters

Yevroittifoq Gretsiyaga migratsion inqiroz fonida 700 million yevro miqdorida yordam ajratishga tayyor, dedi Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen.

"Biz Gretsiyaga 700 million yevro miqdorida yordam ajratishga tayyormiz. 350 million yevro zudlik bilan o‘tkaziladi, qo‘shimcha 350 million yevro aeratishimiz mumkin", - dedi YeK prezidenti.

Ursula fon der Lyayyen Yevrokengash raisi Sharl Mishel va Yevroparlament rahbari David Sassoli bilan Turkiya bilan chegaradagi vaziyatni o‘rganish uchun Gretsiyaga tashrif buyurdi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluning ma'lum qilishicha, o‘tgan haftadan buyon Turkiyadan Gretsiyaga 130 mingdan ortiq noqonuniy migrant o‘tgan.  

Buning ortidan Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Yevropa ittifoqi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an noqonuniy migrantlardan o‘z siyosiy maqsadlarida YeIga qarshi foydalanmasligi uchun unga bosim o‘tkazishi kerakligini aytdi.  

Mavzu
Idlib mojarosi
2019 yil dekabrida Suriya armiyasi Idlibni to‘liq egallash uchun yurish boshladi. Turkiya esa Suriya shimolidagi ittifoqchilarini himoya qilish uchun bu hududdagi kuzatuv postlariga minglab harbiylarini jo‘natdi va ikki tomon o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bera boshladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top