17:14 / 04.03.2020
0
5087

Hindiston bosh vaziri koronavirus sababli Xoli festivalida ishtirok etmasligini ma'lum qildi

Modi 2014 yilda bosh vazirlikka tayinlanganidan buyon ushbu festival doirasidagi rasmiy tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelgan.

Foto: AFP

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi koronavirus tarqalganligi sababli Xoli bo‘yoqlar bayramida ishtirok etmasligini bildirdi.

"Butun dunyodagi ekspertlar koronavirus tarqalishining oldini olish uchun ommaviy tadbirlarda qatnashmaslikni tavsiya qildi. Shu bois men bu yilgi Xoli festivali doirasidagi tadbirlarda qatnashmaslikka qaror qildim"- deb yozdi Modi tvitterda.

Modi 2014 yilda bosh vazirlikka tayinlanganidan buyon ushbu festival doirasidagi rasmiy tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 28ta holat qayd etilgan. Dunyo bo‘yicha esa koronavirusga chalinganlar soni 92,5 ming kishidan oshgan, 3,1 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top